“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ TIZIMI TARKIBIDAGI TOSHKENT HUDUDIY FILIALINING XODIMLAR BILAN ISHLASH BО‘LIMI BOSHLIG‘I LAVOZIMI UCHUN TANLOV О‘TKAZADI
Lavozim majburiyatlari:
Filial direktori imzosi bilan xodimlar bо‘limiga kelib tushgan, xodimni boshqa ishga о‘tkazish, qо‘shimcha vazifalar yuklash kabi buyruqlar loyihasini tayyorlashni tashkillashtirish;
xodimlarning ishdan ozod qilishga sababchi hujjatlarni О‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi talablariga mos kelishini nazorat qilish, Mehnat kodeksi va amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilishiga yо‘l qо‘ymaslik, shaxsiy tarkib buyruqlarini tayyorlash, xodimga mehnat daftarchalarini qonunda belgilangan tartibda rasmiylashtirib berilishini tashkillashtirish;
Rahbariyat topshirig‘i va amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar asosida ishchi-xizmatchilar faoliyatiga taalluqli boshqa buyruqlar loyihasini tayyorlash;
yosh mutaxassislarni ularni mutaxassisligiga asosan ishga qabul qilish, ishlab chiqarishda xodimlarni tо‘g‘ri joylashtirishni tashkillashtirish, bо‘linma rahbarlari, Kasaba uyushmasi bilan birgalikda ularni egallagan lavozimiga mos keladigan qilib tarbiyalash va amaliyot о‘tkazishni amalga oshirish;
Filial bо‘linmalari bilan birgalikda xodimlarni kasb-hunarga о‘qitish, qayta tayyorlash va malaka oshirish ishlarini rejalashtirish, tegishli о‘quv kurslarini tashkil etish;
Filialda, xodimlar orasida mehnat va ishlab chiqarish intizomini mustahkamlash, mehnat qonunlari va ichki mehnat tartib qoidalariga rioya etishni ta’minlash ishlarini olib borish;
zaxiraga olingan xodimlarni malaka darajasini doimiy oshirib borishini nazorat qilish, tashkil etish, rahbar lavozimlarda ishlashga saralashda ishtirok etish;
kadrlarni boshqarishda avtomatlashtirilgan tizimni joriy etish, barcha zarur ma’lumotlarning elektron bazasini yaratish;
Filialda xodimlar bilan ishlash holatini о‘rganib, natijalarni umumlashtirish, qо‘nimsizlik sababini о‘rganib ish о‘rnidan ruxsatsiz, sababsiz ketishlarni oldini olishda mehnat intizomini mustahkamlash bо‘yicha chora-tadbirlarni о‘tkazish, ishsiz qolgan ishchi-xizmatchilarni ishga joylashtirish choralarini kо‘rish;
Filialda “Ichki mehnat tartib-qoidalari”ni ishlab chiqish va unga xodimlarni tо‘liq rioya etishlarini nazoratini amalga oshirish.
Nomzodlarga talablar:
mutaxassisligi bо‘yicha oliy ma’lumotga egaligi;
ichki nazorat, kadr, huquq bilan bog‘liq sohalarda bо‘lim boshlig‘i lavozimida
3 yildan kam bо‘lmagan ish tajribasi;kompyuterda ishlashni mukammal bilish (Microsoft Office, Excel, Word, PowerPoint, Outlook, Internet);
ma’lumotlarni, hisobotlarni tahlil qilish, mustaqil fikrlash, g‘oyaviy ijodkorlik, jamoa bilan va о‘z ustida muntazam ishlash kо‘nikmalariga ega bо‘lish;
faoliyat bо‘yicha xizmat safarlariga tayyor bо‘lish;
rus tili hamda boshqa xorijiy tillarni mukammal bilishi yuqori baholanadi.
Ish haqi kelishilgan holda belgilanadi. Ish haqidan tashqari, mukofotlar, qо‘shimcha tо‘lovlar va ustamalar qо‘llaniladi. Amaldagi mehnat qonunchiligiga muvofiq ish olib boriladi.
Tanlov quyidagi bosqichlarda о‘tkaziladi:
1. Hujjatlar qabuli, hujjatlarni kо‘rib chiqish va baholash;
2. Test sinovlarini о‘tkazish;
3. Individual suhbat.
Tanlovda ishtirok etish uchun:
Tanlovda ishtirok etish uchun talabgorlar quyidagi pochta manziliga kerakli hujjatlar ((obyektivka, xodim bilan bog‘lanish uchun tel raqam bо‘lishi shart) pasport nusxasi, diplom nusxasi va uning ilovalari, mehnat daftarchasi)ni yuklashi lozim.
Dastlabki saralash bosqichidan о‘tgan nomzodlar bilan kompyuter orqali test sinovlari о‘tkaziladi va 70 foizdan yuqori natijaga erishgan xodimlar bilan suhbat о‘tkaziladi.
Tanlovning har bir bosqich natijasi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning rasmiy veb-sayti (het.uz), Telegram va boshqa ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qilib boriladi.
Anketalarni tо‘ldirish 2023 yil 17 avgustga (mazkur kun hisobda) qadar qabul qilinadi.
Batafsil ma’lumotlarni quyidagi telefon raqami orqali olishingiz mumkin: +99878 150-75-60.
Hujjat topshirish uchun pochta manzili: kamilla_uok@gmail.com, x.allamuradov@het.uz.