ALOQA UCHUN

Ishonch telefonlari reglamenti

Ishonch telefoni reglamenti

 

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning “Murojaatlarni 71 207 23 76 raqamli Ishonch telefoni orqali qabul qilish”reglamenti

1. Xizmatni yoritish (pasport)

1.1. Xizmat nomlanishi.

Murojaatlarni 71 207 23 76  raqamli “ Ishonch telefoni” orqali qabul qilish.

1.2. Xizmat natijasi

Markazga kelib tushgan murojaatlarning о‘z vaqtida, tо‘liq va qonun talablariga qat’iy rioya etgan holda kо‘rib chiqilishini tashkil etish va nazorat qilish, bu borada tezkor axborot almashinuvini ta’minlash orqali fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta’minlash.

1.3. Xizmat kо‘rsatish organi

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Murojaatlar bilan ishlash xizmati.

1.4. Huquqiy asos

О‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 11 sentabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari tо‘g‘risida”gi О‘RQ-445-sonli Qonuni.

1.5. Xizmatdan foydalanuvchi

О‘zbekiston Respublikasining Jismoniy va yuridik shaxslari yoki ularning qonuniy vakillari.

1.6. Ijro muddati

О‘zbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari tо‘g‘risida”gi Qonundan kelib chiqib, murojaat masalani mazmunan hal etishi shart bо‘lgan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga kelib tushgan kundan e’tiboran о‘n besh kun ichida, qо‘shimcha о‘rganish va (yoki) tekshirish, qо‘shimcha hujjatlarni sо‘rab olish talab etilganda esa, bir oygacha bо‘lgan muddatda kо‘rib chiqiladi.


Murojaatlarni kо‘rib chiqish uchun tekshirish о‘tkazish, qо‘shimcha materiallarni sо‘rab olish yoxud boshqa chora-tadbirlar kо‘rish zarur bо‘lgan hollarda, ularni kо‘rib chiqish muddatlari tegishli ichki ishlar organi rahbari tomonidan, istisno tariqasida asoslantirilgan bildirgi orqali kо‘pi bilan bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin, bu haqda murojaat etuvchiga xabar qilinadi.

 

Taklif “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga kelib tushgan kundan e’tiboran bir oygacha bо‘lgan muddatda kо‘rib chiqiladi, qо‘shimcha о‘rganishni talab etadigan takliflar bundan mustasno, bu haqda taklifni kiritgan jismoniy yoki yuridik shaxsga о‘n kunlik muddatda yozma shaklda xabar qilinadi.

2. Xizmat oluvchilarga ma’lumot berish

2.1. Ma’lumot xajmi va tarkibi:

Jamiyat sohaviy xizmatlari, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning, barcha  filial va korxonalari kо‘rib chiqilgan murojaatlar bо‘yicha yakuniy javob xatida murojaatda keltirilgan masalaning yechimi yuzasidan aniq ma’lumotlar bayon etiladi.

2.2. Batafsil ma’lumot berish

Bir shaxsning aynan bir masala bо‘yicha oldingi murojaatiga javob berilmayotganligi haqidagi murojaati agar uni qonunda belgilangan kо‘rib chiqish muddati о‘tmagan bо‘lsa bu haqda muallifga tushuntiriladi.

2.3. Murojaat bо‘yicha huquqiy maslahat berish

Markaz xodimlari tomonidan murojaat mualliflariga huquqiy maslahat berilishi ta’qiqlanadi.

3. Xizmat kо‘rsatish

3.1. Ish vaqti

Murojaatlar “Ishonch telefoni” orqali haftaning dushanba-juma kunlari, 9:00 dan 18:00gacha qabul qilinadi.

4. Xizmat kо‘rsatish tartibi


4.1. Xizmat uchun undiriladigan xaq.

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini kо‘rib chiqish xizmati  – bepul.

4.2. Rad etish asoslari

Muallif tomonidan shaxsiga oid ma’lumotlar berilmagan taqdirda, unga О‘zbekiston Respublikasining «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari tо‘g‘risida»gi Qonuniga asosan murojaati kо‘rib chiqilmasligi tushuntiriladi.

5. Sifatini ta’minlash

5.1. Sifat kо‘rsatkichlari

Jismoniy va yuridik shaxslarning “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga murojaatlarini amalga oshirishlari uchun qulay sharoitlar yaratish, shuningdek ularning huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini samarali ta’minlash.

5.2. Sifatsiz xizmatdan shikoyat etish

Kо‘rsatilgan xizmatdan qoniqish xosil qilinmaganida, Jismoniy va yuridik shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.

 

  • 38804
Sayt xaritasi