Elektr energiyasi kundalik hayotimizning ajralmas qismi. Biroq undan foydalanishda oddiy xavfsizlik talablariga rioya qilmaslik, ayniqsa, bolalar hayoti va salomatligi uchun jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin.
05.11.2026
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ 2026-yil 13–15-oktabr kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi (UzNIF) tomonidan tashkil etilayotgan “Investorlar kuni” tadbirida ishtirok etayotganini ma’lum qiladi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mazkur tashabbusni ketma-ket ikkinchi yil qo‘llab-quvvatlamoqda. Ushbu tadbir kapital bozorini rivojlantirish, davlat korxonalari va xalqaro investitsiya hamjamiyati o‘rtasidagi samarali muloqotni mustahkamlash, shuningdek, mamlakatning yetakchi kompaniyalarida amalga oshirilayotgan transformatsiya jarayonlari natijalarini namoyish etish uchun muhim platforma hisoblanadi.
Tadbir doirasida Jamiyat rahbariyatining institutsional investorlar bilan individual va guruh shaklidagi uchrashuvlari o‘tkaziladi. Uchrashuvlar davomida Jamiyatning asosiy operatsion va moliyaviy ko‘rsatkichlari, strategik rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlari hamda transformatsiya doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida ...
Özbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
Özbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi
Özbekiston Respublikasi energetika vazirligi
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
Özbekiston Respublikasi Raqamli hukumat portali
Özbekiston Respublikasi Soliq Qömitasi rasmiy veb-sayti
Özbekiston Respublikasi Hukumat portali
Kommunal xöjalik va uy-joy fondi portali