ALOQA UCHUN

Vakant o'rinlar

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ CAS dasturiy kompleksi bilan ishlash boʻlimi mutaxassisi lavozimiga ishga taklif etadi.
 

Nomzodlarga qo‘yiladigan umumiy talablar:
 

― Energetika, axborot texnologiyalari yoki dasturlash yo‘nalishlaridan birida oliy ma’lumotli diplomga ega bo‘lishi lozim;

― Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilish tizimlarining ishlash prinsipi haqida tushunchaga ega bo‘lishi lozim;

Central AMI System (CAS) dasturiy kompleksining vazifalari va arxitekturasi bo‘yicha bilimga ega bo‘lishi lozim.

― CAS tizimidagi uzilishlar va nomuvofiqliklarni aniqlash va tahlil qilish malakasi.

― Kompyuter savodxonligi: Excel, hisobot dasturlari, CASga oid monitoring tizimlari.

― Tahliliy va diagnostik fikrlash: hisobotlarni tahlil qilish, tizimdagi xatoliklarni aniqlash va ularni asosli izohlash.

― Elektr energetikasi sohasidagi qonunlar va normativ hujjatlar (xususan, O‘zbekiston Respublikasining “Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi Qonuni, 319-sonli qaror, HET AJ hujjatlari) bilan ishlay olishi shart.

― Mas’uliyatlilik, halollik, ijtimoiy faollik.

― Axborot xavfsizligiga qat’iy rioya qilish.

― Jamoa bilan ishlash va ichki bo‘linmalar bilan hamkorlik qilish ko‘nikmasi.

― Vaqtida xabar berish, hisobot topshirish va ijro intizomiga rioya qilish.

― Ingliz-rus tillarini bilish (ustunlik beradi)

― CAS va unga integratsiyalangan tizimlar (masalan, Billing) bilan ishlashga tayyorlik.

― O‘zini rivojlantirishga intilish – seminarlar, malaka oshirish kurslarida qatnashishga tayyorlik.

― Server xonasi, boshqaruv zalida boʻlish qoidalarini bilishi shart.

 

Nomzodlar oʻz ma’lumotnomalarini rus yoki oʻzbek tillarida (CV Word shaklida) info@het.uz elektron pochta manziliga yuborishlari mumkin.

Bogʻlanish uchun (78) 150-75-60 telefon raqami orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Hujjatlar 2025-yil 18-avgust soat 18:00 gacha qabul qilinadi.

 

 

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Nazorat va tekshirish boshqarmasi yetakchi mutaxassisi lavozimiga ishga taklif etadi.

Nomzodlarga qo‘yiladigan umumiy talablar:

— Energetika tizimida, Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil ish stajiga ega bo‘lishi shart.

— Elektr energiyasi oqimlari tо‘g‘risidagi hisobotlarni tahlil qila olishi hamda CAS va Billing dasturida ishlay olishi shart.

— Energetika tizimida kapital qurilishlar bо‘yicha hisobotlarni tahlil qilish qobiliyatiga ega bo‘lish;

— Tashqi nazorat organlari bilan ishlay olish salohiyatiga ega bo‘lishi lozim.

— Muammoli masalalarni aniqlash va ularning yechimi bо‘yicha boshqaruvga takliflar tayyorlash.

— Energetika bо‘yicha texnik bilim va tajribasi bor nomzodlarga ustunlik beriladi.

 

Nomzodlar oʻz ma’lumotnomalarini rus yoki oʻzbek tillarida (CV Word shaklida) info@het.uz elektron pochta manziliga yuborishlari mumkin.

Bogʻlanish uchun (78) 150-75-60 telefon raqami orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Hujjatlar 2025-yil 20-avgust soat 18:00 gacha qabul qilinadi.

 

 

  • 57737
  • Elektr energiyasi uchun to'lov qulaylik
  • SMS to'lovlar xabardor
  • Axborot SMS xabar
  • Nazorat xarajatlar
Kabinetga o`tish
Sayt xaritasi