ALOQA UCHUN

Atamalar bo‘yicha yo‘riqnoma

Atamalar bo‘yicha yo‘riqnoma

TP – transformator punkti.

HETK – Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi.  

EH  – Elektron hisoblagichlar .  

Qurilmaning kapital ta’miri – qurilmaning loyihaviy texnik-iqtisodiy xarakteristikalarini qayta tiklash maqsadida uning tarkibiy qismlarini almashtirish yoki qayta tiklash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ta’mirlash jarayoni.  

Elektr qurilmasining o‘rnatilgan quvvati – elektr qurilmasining texnik shartlari yoki uskunaning pasportida ko‘zda tutilgan eng yuqori elektr quvvatida ortiqcha yuklamasiz uzoq muddat ishlash qobiliyati.  

Elektr podstansiyasi – elektr energiyasini o‘zgartirish va taqsimlash uchun mo‘ljallangan elektr qurilmasi.  

Energotejamkorlik – energiya zahiralaridan samarali foydalanish hamda xo‘jalik faoliyatiga qayta tiklanuvchi energiya manbalarini jalb qilishga yo‘naltirilgan huquqiy, tashkiliy, ilmiy, texnik-texnologik va iqtisodiy tadbirlarni amalga oshirish.  

Energiya samaradorligi – elektr energiyasi birligini ishlab chiqarishga yoqilg‘ining real solishtirma sarfini hamda elektr energiyasi yo‘qotishlarini minimallashtirishda, shuningdek elektr energiyasi ishlab chiqarish jarayonida me’yoriy ekologik parametrlarning ta’minlanishida aks etgan elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlashning iqtisodiy samaradorligi.    

Energetika xavfsizligi – iqtisodiyot uchun mavjud yoqilg‘i-energetika zahiralari yetishmasligi xavfining ichki va tashqi omillaridan fuqarolarning, davlatning, umuman jahon iqtisodiyotining himoyalanish holati; normal sharoitlarda – asoslangan ehtiyojning to‘laqonli ta’minlanishi; favqulodda vaziyatlarda – hayotiy muhim ehtiyojlarning eng minimal zaruriy hajmini kafolatli ta’minlash.    

Energiya sarfi darajasi – ishlab chiqarilgan yoki iste’mol qilingan energiyaning yalpi ichki mahsulotga nisbati.

  • 44
Sayt xaritasi