ALOQA UCHUN

“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ TOMONIDAN TALABALAR UCHUN ZAMONAVIY О‘QUV MARKAZI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ TOMONIDAN TALABALAR UCHUN ZAMONAVIY О‘QUV MARKAZI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

Bugun, 20 oktabr kuni “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hamda Osiyo taraqqiyot banki hamkorligida Islom Karimov  nomidagi Toshkent  davlat texnika universitetining Elektr energetikasi  fakulteti qoshida tashkil etilgan о‘quv markazining foydalanishga topshirilishiga bag‘ishlangan marosim bо‘lib о‘tdi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, yangi о‘quv markazi elektr tarmoqlarini loyihalashtirishga mо‘ljallangan zamonaviy IT-xonasi, “ASKUE” fanidan laboratoriya mashg‘ulotlari uchun zamonaviy laboratoriya xonasi va “Elektr ta’minoti” о‘quv poligonidan tashkil topgan. О‘quv markazi doirasida tashkil etilgan о‘quv xonalari bugungi kunda ishlab chiqarishda amalda qо‘llanilayotgan zamonaviy dasturlar texnik qurilmalar bilan boyitilgan bо‘lib, bularning barchasi energetika sohasi uchun malakali va sifatli kadrlar tayyorlashga asos bо‘lib hizmat qiladi.

О‘quv markazini tashkil etishdan maqsad – talabalarning mutaxassislik fanlari bо‘yicha olgan nazariy bilimlarini amaliy jihatdan mustahkamlash, sohada qо‘llanilayotgan qurilmalarning ishlash prinsiplari, ularning turlari bо‘yicha amaliy tassavurga ega bо‘lish imkoniyatini berish hamda О‘zbekiston elektr tarmoqlarini zamonaviy DigSilent dasturi yordamida raqamli modelining yaratilishi munosabati bilan talabalarning mazkur dastur bilan ishlash kо‘nikmasini shakllantirish, elektr energetika tizimlarini loyihalash bilan bog‘liq loyihalarga professor-о‘qituvchilar va iqtidorli talabalarni jalb etish hamda elektr ta’minoti tizimida elektr energiyasining hisobi va nazoratining avtomatlashtirilgan tizimlari, jumladan, maishiy iste’molchilar hamda sanoat korxonalarida elektr energiya iste’moli hisobi va nazorati tizimlarni tashkil etish jarayonlari bilan tanishtirish va mazkur tizimlarni qurish kо‘nikmasini shakllantirishdan iborat.

Mazkur о‘quv markazi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hamda Osiyo taraqqiyot banki hamkorligida foydalanishga topshirilgan bо‘lib, mazkur loyihalar 2021 yilda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bilan Toshkent davlat texnika universiteti xamkorligida о‘tkazilgan konferensiya doirasida imzolangan hamkorlik tо‘g‘risidagi Memorandum hamda 2021-2026 yillarda “Elektr ta’minoti sohasi uchun malakali mutaxassislar tayyorlashning yо‘l xaritasi” ijrosi doirasida amalga oshirildi.

О‘quv markazi faoliyatining yо‘lga qо‘yilishi quyidagilarga imkon yaratadi:

ishlab chiqarish va oliy ta’lim muassasasi hamkorligini rivojlantirish;

sifatli kadrlar tayyorlash asosida elektr energetika tizimining raqamli modeli bazasini mustahkamlashda iqtidorli talabalarni jalb etish;

energetika sohasida amalga oshirilayotgan loyihalarda oliy ta’lim muassasasi professor-о‘qituvchilari salohiyatidan foydalanish hamad mazkur loyihalarning ilmiy asoslarini yaratish;

elektr energiya iste’moli hisobi va nazoratining avtomatlashtirilgan tizimlarini qurishning о‘ziga xos xususiyatlari, ularni qurish ketma-ketliklari, texnik hamda dasturiy ta’minoti bilan tanishtirish;

talabalarda sanoat korxonalari va maishiy iste’molchilarda elektr energiya iste’moli hisobi va nazoratini hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlarning tashkil etish kо‘nikmalarini  shakllantirish.

talabalarning sohaga doir bilimlarni amaliy jihatdan mustahkamlashga imkon yaratish hamda elektr tarmoqlari qurilmalarini montaj qilish, sozlash va ishlatish bо‘yicha bilim va kо‘nikmasini shakklantirish;

qurilmalar bilan ishlashda havfsizlik qoidalariga rioya qilish kо‘nikmalarini shakklantirish hamda past kuchlanishli iste’molchilar elektr ta’minoti tizimining loyihalashtirishning asosiy xususiyatlarini tadqiq etish.

Tadbir davomida “Elektr ta’minoti” о‘quv poligonida Olmazor tumani elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan kо‘rgazmali taktik mashg‘ulotlar о‘tkazildi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati

  • 20.10.2022
  • 1330
Sayt xaritasi