ALOQA UCHUN

OMONDARADA ELEKTR TA’MINOTI YANADA YAXSHILANADI

OMONDARADA ELEKTR TA’MINOTI YANADA YAXSHILANADI

Samarqand viloyatida iste’molchilarga sifatli elektr energiyasi ta’minoti yetkazib berish maqsadida mavjud elektr tarmoqlarida qurilish va rekonstruksiya ishlari jadal olib borilmoqda. Birgina Nurobod tumanining og‘ir hududlar sirasiga kiradigan mahallalarida eski simyog‘ochlar o‘rniga temir beton ustunlarini tiklash hamda yangi elektr uzatish tarmoqlarini tortish ishlari amalga oshirilmoqda.

Ta’kidlash lozimki, joriy yilda tumanning olis “Omondara” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi eski simyog‘ochlar o‘rniga 1600 dona temir beton ustunlari o‘rnatish ishlari belgilangan. Hozirda mazkur hududga 500 dona temir beton ustunlari olib kelinib, 550, 543, 549, 861-transformator punktlarining havo elektr uzatish tarmoqlariga o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.

Belgilangan ishlar yakunlangach, omondaraliklar xonadonlarida elektr energiyasi ta’minoti yanada yaxshilanadi.

“Samarqand HETK” AJ matbuot xizmati.

  • 24.05.2022
  • 838
Sayt xaritasi