ALOQA UCHUN

BOLALARGA ELEKTR XAVFSIZLIGI SABOQLARI

Bolalar xavfsizligini ta’minlash doimiy e’tibor va mas’uliyatni talab etadi. Ayniqsa, elektr energiyasidan foydalanishda ehtiyot choralariga rioya qilish, xavfli vaziyatlarni anglash va bunday holatlarda to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalarini yoshlikdan shakllantirish muhim ahamiyatga ega.

Shu maqsadda mamlakatimiz umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning elektr xavfsizligi bo‘yicha bilimlarini oshirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda. Uchrashuvlarda elektr toki bilan bog‘liq xavfli holatlar, ularning oldini olish choralari hamda ehtiyotsizlikning og‘ir oqibatlari haqida tushuntirishlar berilmoqda.

Tadbirlar davomida o‘quvchilarga elektr simlariga tegmaslik, ochiq yoki uzilgan simlardan uzoq turish, transformator punktlari va boshqa elektr qurilmalariga yaqinlashmaslik, xavfli vaziyatlar yuzaga kelganda esa zudlik bilan kattalarga xabar berish zarurligi uqtirilmoqda.

Ana shunday targ‘ibot tadbirlaridan biri “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mutaxassislari tomonidan Toshkent shahri Yangihayot tumanidagi 329-sonli umumta’lim maktabida tashkil etildi. Uchrashuv davomida o‘quvchilarga elektr energiyasidan xavfsiz foydalanish, ehtimoliy xavf-xatarlarni oldindan anglash va elektr toki bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning oldini olish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.

Yodda tuting: elektr xavfsizligi qoidalariga rioya qilish — hayot va salomatlikni asrashning muhim garovidir!

  • 29.10.2026
  • 35
  • Elektr energiyasi uchun to'lov qulaylik
  • SMS to'lovlar xabardor
  • Axborot SMS xabar
  • Nazorat xarajatlar
Kabinetga o`tish
Sayt xaritasi