Kengashning 32-yig‘ilishi Toshkent shahridagi “Aster” mehmonxonasining muzokaralar zalida bo‘lib o‘tadi. Unda Afg‘oniston Islom Respublikasi kuzatuvchi maqomida ishtirok etmoqda.
Kengashning muvofiqlashtiruvchi kengashi yig‘ilishida “Da Afghanistan Breshna Sherkat” (DABS) vakili Salim Salimiy, “KEGOC” AJ boshqaruv raisi Bakitjan Kajiev, “Qirg‘iziston MET” OAJ bosh direktori Emil Kudanaliev, “Barki Tochik” shirkati raisi Mirza Ibrohim Ismoilzoda, Xalqaro muvofiqlashtiruvchi dispecherlik markazidan Hamidilla Shamsiev, “O‘zbekiston MET” AJ boshqaruv raisi Dadajon Isaqulov va boshqalar ishtirok etadi.
Muvofiqlashtiruvchi Kengashning 32-yig‘ilishiga “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ mezbonlik qilmoqda.