“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ 2026-yil 13–15-oktabr kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi (UzNIF) tomonidan tashkil etilayotgan “Investorlar kuni” tadbirida ishtirok etayotganini ma’lum qiladi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mazkur tashabbusni ketma-ket ikkinchi yil qo‘llab-quvvatlamoqda. Ushbu tadbir kapital bozorini rivojlantirish, davlat korxonalari va xalqaro investitsiya hamjamiyati o‘rtasidagi samarali muloqotni mustahkamlash, shuningdek, mamlakatning yetakchi kompaniyalarida amalga oshirilayotgan transformatsiya jarayonlari natijalarini namoyish etish uchun muhim platforma hisoblanadi.
Tadbir doirasida Jamiyat rahbariyatining institutsional investorlar bilan individual va guruh shaklidagi uchrashuvlari o‘tkaziladi. Uchrashuvlar davomida Jamiyatning asosiy operatsion va moliyaviy ko‘rsatkichlari, strategik rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlari hamda transformatsiya doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida batafsil ma’lumot beriladi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish, moliyaviy shaffoflikni ta’minlash va operatsion faoliyat samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Shu bilan birga, Jamiyatning uzoq muddatli moliyaviy barqarorligini mustahkamlash va investitsion jozibadorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.
Shaffoflik tamoyillariga sodiqlikni namoyon etish va investitsiya hamjamiyati bilan muntazam muloqotni ta’minlash maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ investorlar uchun yangilangan taqdimotni, shuningdek, 2026-yil 30-iyunda yakunlangan olti oylik davr uchun Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga (MHXS) muvofiq tayyorlangan, auditdan o‘tkazilmagan moliyaviy hisobotni taqdim etadi.