ALOQA UCHUN

KORRUPSIYANING OLDINI OLISH BO‘YICHA MUHIM VAZIFALAR BELGILANDI

Kuni kecha Chinoz shahrida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent hududiy filiali xodimlari ishtirokida korrupsiyaning oldini olish, uning xavf-xatarlarini barvaqt aniqlash va bartaraf etish, shuningdek, davlat dasturlari ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va Toshkent hududiy filialining Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat xizmati rahbarlari, viloyat prokuraturasi vakillari, mahalliy Kengash deputatlari, filial rahbariyati hamda ishchi-xodimlar ishtirok etdi.

Ochiq muloqot davomida xodimlarga xizmat faoliyatida qonuniylik, xolislik va halollik tamoyillariga qat’iy rioya qilish, korrupsiyaviy holatlarga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish hamda mavjud korrupsiyaviy xavflarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish muhimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, tadbir davomida korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, xizmat vakolatlaridan qonuniy va vijdonan foydalanish, poraxo‘rlikning huquqiy oqibatlari hamda korrupsiyaga qarshi kurashishda har bir xodimning shaxsiy mas’uliyati yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Tadbir yakunida xodimlarga korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish, xizmat faoliyatida qonuniylik, xolislik va adolat tamoyillariga amal qilish hamda o‘z xizmat vazifalarini mas’uliyat va sidqidildan bajarish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

  • 29.09.2026
  • 20
Sayt xaritasi