Aholini sifatli, barqaror va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash, mavjud elektr tarmoqlarining texnik holatini yaxshilash hamda kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali tomonidan belgilangan chora-tadbirlar asosida keng ko‘lamli mukammal ta’mirlash va modernizatsiya ishlari amalga oshirilmoqda.

Xususan, Urganch shahrida joylashgan 110/6 kV kuchlanishli “Sharqiy” podstansiyasidan chiquvchi 6 kVli “Oromgoh-1 ” havo elektr tarmog‘ida mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Mukammal ta’mirlash jarayonida uzoq yillar davomidan buyon xizmat qilib keloyotgan elektr ustunlari zamonaviy va mustahkam temir-beton ustunlarga almashtirish va elektr qurilmalarni yangisiga almashtirish ishlari bajarilmoqda. 