Xushxabar!
O‘zbekiston energetikasi mutaxassislari yana bir bor e’tirofda!

Avval xabar berilganidek, Anqarada turkiy davlatlar o‘rtasida taqsimlovchi elektr tarmoqlariga xizmat ko‘rsatuvchi elektromontyorlar o‘rtasida mahorat musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.

Hozirgina olingan xabarga ko‘ra, bellashuvda ishtirok etayotgan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ jamoasi a’zolari musobaqa jarayonida namoyon etgan yuksak diqqat-e’tibori, ehtiyotkorligi va kasbiy mahorati uchun hakamlar qaroriga kо‘ra eng yuqori natija “Eng diqqatli mutaxassislar” darajasiga loyiq ko‘rildi.

Bu — jamoamizning nafaqat yuqori texnik mahorati, balki mehnat xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilish madaniyati ham yuksak darajada ekanini ko‘rsatuvchi muhim yutuq.