ALOQA UCHUN

SURXONDARYODA ELEKTR TARMOQLARINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI KO‘ZDAN KECHIRILDI

2026/2027-yillar kuz-qish mavsumini barqaror o‘tkazish, elektr ta’minotida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish va ularni qisqa muddatlarda bartaraf etish maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Surxondaryo hududiy filialiga qarashli obyektlar ko‘zdan kechirildi.

Jarayon davomida zaxira omborlari, moddiy-texnik bazalar, ularda saqlanayotgan elektr tarmoqlari uchun zarur materiallar, ehtiyot qismlar hamda jihozlarning mavjudligi va foydalanishga shay holati o‘rganildi.

Shuningdek, hududlarda elektr tarmoqlarining kuz-qish mavsumidagi barqaror ishlashini ta’minlash, avariya-tiklash brigadalarining tezkor harakatini yo‘lga qo‘yish va iste’molchilarga elektr energiyasini uzluksiz yetkazib berishga qaratilgan ishlar holati tahlil qilindi.

Mavsumni barqaror o‘tkazish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holatlarda tezkor choralar ko‘rish va iste’molchilarning elektr ta’minotini uzluksiz ta’minlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.

  • 24.09.2026
  • 9
Sayt xaritasi