“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan iste’molchilarga qulaylik yaratish maqsadida maxsus “HET Xabarnoma” yordamchi boti ishga tushirildi.
Mazkur bot “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning billing tizimi orqali iste’molchilarga xabarnoma va ma’lumotlarni yetkazish uchun mo‘ljallangan. Bot orqali shaxsiy hisob raqamingiz hamda elektr energiyasi bo‘yicha hisobingizdagi qoldiq mablag‘ to‘g‘risida batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.
Eslatma: Bot orqali ma’lumot olish uchun foydalanayotgan mobil telefon raqamingiz elektr energiyasi bo‘yicha shaxsiy hisob raqamingizga biriktirilgan bo‘lishi lozim.
Yodda tuting: "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ ijtimoiy tarmoqlar orqali, Sizdan hech qachon karta raqami yoki shaxsga doir ma'lumotlaringizni so'ramaydi.
Botga ulanish ???? @uzenergy24bot