ALOQA UCHUN

“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” JAMOASI XALQARO MUSOBAQADA ISHTIROK ETMOQDA

Ayni kunlarda Turkiyaning Anqara shahridagi TEDAŞ o‘quv poligonida turkiy davlatlar o‘rtasida taqsimlash elektr tarmoqlariga xizmat ko‘rsatuvchi elektromontyorlar o‘rtasida mahorat musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.

An’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan mazkur xalqaro musobaqada “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ jamoasi ham ishtirok etmoqda.

Har yili tashkil etiladigan musobaqa doirasida jamoalar texnik tayyorgarlik, jabrlangan xodimga birinchi yordam ko‘rsatish hamda elektr qurilmalarida sodir bo‘lgan yong‘inni bartaraf etish bo‘yicha o‘zaro bellashadilar.

O‘tgan yili mazkur musobaqaga Samarqand shahri mezbonlik qilgan. Unda barcha shartlar bo‘yicha yuqori natijalarni qayd etgan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ jamoasi faxrli birinchi o‘rinni egallagan edi.

Jamoa bu yilgi musobaqada ham muvaffaqiyatni davom ettirib, yurtimiz sharafini munosib himoya qilish va yuqori natijalarni qayd etishni maqsad qilgan.

  • 24.09.2026
  • 7
Sayt xaritasi