“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan iste’molchilarga ko‘rsatilayotgan davlat va shartnomaviy xizmatlar sifatini oshirish, elektr tarmoqlariga ulanish jarayonlarida qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida hududlarda nazorat-tahlil tadbirlari olib borilmoqda.

Navbatdagi nazorat-tahlil ishlari Namangan hududiy elektr tarmoqlari filialida amalga oshirilmoqda. Tadbirlar “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning Shartnomaviy xizmatlar va mahsulot ishlab chiqarishni monitoring qilish boshqarmasi mutaxassislari tomonidan olib borilib, unda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 555-son qarori talablari, iste’molchilarning elektr tarmoqlariga ulanishi bilan bog‘liq jarayonlarning belgilangan tartibda amalga oshirilishi, hujjatlarning to‘g‘ri rasmiylashtirilishi hamda xizmat ko‘rsatish sifati atroflicha tahlil qilinmoqda.

Shuningdek, iste’molchilarning murojaatlarini o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish, xizmat ko‘rsatish jarayonlarida shaffoflikni ta’minlash hamda fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Nazorat tadbirlari davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ul xodimlarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berilib, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda kelgusida bunday holatlarning oldini olish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Mazkur nazorat-tahlil ishlari elektr tarmoqlariga ulanish jarayonlarini yanada takomillashtirish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va iste’molchilarga qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan.

Nazorat tadbirlari belgilangan tartibda davom ettirilmoqda.