O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori ijrosi doirasida Sirdaryo viloyatida energetika infratuzilmasini modernizatsiya qilish va rivojlantirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Ayni paytda Sayxunobod tumanidagi “Farovon” kichik sanoat zonasida hamda Boyovut tumani Yangi avlod mahallasi hududidagi “Yangi O‘zbekiston” massivida barpo etilayotgan 110/35/10 kVli podstansiyalarda qurilish-montaj ishlari navbatdagi bosqichga o‘tdi.

Hozirda obyektlarda 10 kV va 35 kVli elektr taqsimlash qurilmalarini o'rnatish,beton ishlari, metall konstruksiyalarni o‘rnatish, kabel va elektr jihozlarini montaj qilish ishlari amalga oshirilmoqda.

Qurilish ishlarining bosqichma-bosqich yakunlanishi natijasida yangi turar joy massivlari, aholi xonadonlari hamda tadbirkorlik subyektlarini barqaror va ishonchli elektr energiyasi bilan ta’minlash imkoniyati kengayadi.
