ALOQA UCHUN

URGUTDA ELEKTR TA’MINOTI BARQARORLIGI VA TEXNIK YO‘QOTISHLARNI KAMAYTIRISH CHORALARI KO‘RILMOQDA


 Urgut tumanida iste’molchilarni barqaror va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash, elektr tarmoqlaridagi texnik yo‘qotishlarni kamaytirish hamda mavjud muammolarni tizimli bartaraf etish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
 
Mazkur yo‘nalishda tarmoqlar holatini o‘rganish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va elektr ta’minoti samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, sohada Yangiyo‘l tajribasi asosida samarali yondashuvlarni joriy etish, hududdagi elektr tarmoqlarini bosqichma-bosqich yaxshilash va texnik yo‘qotishlarni kamaytirish bo‘yicha ishlarni tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
 
Bu kabi amaliy choralar elektr ta’minoti barqarorligini oshirish, tarmoqlarning ishonchliligini ta’minlash va iste’molchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.
 
Tafsilotlar "O‘zbekiston 24" telekanalining "Farovonlik sari" tahliliy dasturining navbatdagi sonida.

  • 21.09.2026
  • 12
Sayt xaritasi