“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning hurmatli aksiyadorlari!
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ ushbu bilan 2026 yil 29 sentabr kuni soat 11:00 da Toshkent shahri, Osiyo ko‘chasi, 8-uy manzilida Jamiyat aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida xabardor qiladi.
Aksiyadorlarni (ularning vakillarini) ro‘yxatga olish soat 10:30 dan – 11:00 gacha amalga oshiriladi.
Aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishi soat 11-00 da boshlanadi.
Jamiyat Kuzatuv kengashi tomonidan aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishida ishtirok etish uchun jamiyat aksiyadorlarining reyestrini 2026 yil 23 sentabr va ularga xabarnoma berish uchun 2026 yil 8 sentabr holatlariga shakllantirish belgilangan.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishi kun tartibi:
1. Yig‘ilish reglamenti va sanoq komissiyasini tasdiqlash.
2. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning 2025 yil yakunlari bo‘yicha moliyaviy xo‘jalik faoliyati natijalari yuzasidan Jamiyat Ijroiya organining hisobotini ko‘rib chiqish.
3. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning emitent yillik hisobotini tasdiqlash.
4. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Kuzatuv kengashining 2025 yilda amalga oshirgan ishlari to‘g‘risidagi hisobotini ko‘rib chiqish.
5. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning 2025 yil yakunlari bo‘yicha moliyaviy-xo‘jalik faoliyati audit natijalari yuzasidan “PricewaterhouseCoopers” MCHJ auditorlik tashkiloti tomonidan Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari (MHXS) asosida tayyorlangan auditorlik hisoboti va xulosasini hamda shu auditorlik tashkiloti bilan tuzilgan shartnomani ko‘rib chiqish.
6. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning 2025 yil yakunlari bo‘yicha foyda va zararlar hisob varag‘ini, sof foyda taqsimoti hamda aksiyadorlarga dividendlar to‘lash masalasini ko‘rib chiqish.
7. 2025 yil yakunlari bo‘yicha “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ korporativ boshqaruv tizimini mustaqil baholash natijalarini ko‘rib chiqish.
8. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Ijroiya organi a’zolari bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini uzaytirish masalasini ko‘rib chiqish.
9. Jamiyat ustavini yangi tahrirda ko‘rib chiqish.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishi bo‘yicha to‘liq ma’lumot va hujjatlar bilan Toshkent shahri, Osiyo ko‘chasi, 8-uy manzilida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning ma’muriy binosida haftaning shanba va yakshanba kunlaridan tashqari har kuni soat 9:00 dan 18:00 gacha tanishish mumkin yoki (78) 150-73-45 telefoni orqali murojaat qilish mumkin. Veb sayt https://www.het.uz/, el.pochta info@het.uz.