ALOQA UCHUN

“MAHALLABAY” YONDASHUVI: URGUTDA ELEKTR TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI

Urgut tumanida elektr ta’minotini barqarorlashtirish va energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan “mahallabay” yondashuvi asosidagi ishlar tizimli ravishda o‘rganib borilmoqda.

Shu maqsadda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi Sardor Isokulov Urgut tumanida amalga oshirilayotgan ishlarning amaldagi holatini joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirdi.

Xususan, tumanning Mo‘minobod va Quyi Mo‘minobod mahallalarida mavjud hisobga olish uskunalari ko‘zdan kechirilib, ularning aniqligi, muhrlanganlik holati hamda belgilangan foydalanish qoidalariga rioya etilishi nazoratdan o‘tkazildi.

Shuningdek, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish, yashirin ulanishlar hamda texnik yo‘qotishlarga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan holatlarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi ham o‘rganildi.

Tahlillar davomida ayrim iste’molchilar tomonidan elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga rioya etilmayotgani holatlari ham qayd etilib, bunday holatlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda qat’iy choralar ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.

O‘rganishlar yakunida energiya resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash, to‘lov intizomini mustahkamlash hamda noqonuniy ulanishlarning oldini olish bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.

  • 08.09.2026
  • 38
  • Elektr energiyasi uchun to'lov qulaylik
  • SMS to'lovlar xabardor
  • Axborot SMS xabar
  • Nazorat xarajatlar
Kabinetga o`tish
Sayt xaritasi