O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoqilg‘i-energetika sohasini yanada rivojlantirish, mavjud muammolarni bartaraf etish va energiya ta’minoti barqarorligini ta’minlashga qaratilgan topshiriqlari ijrosi doirasida Sirdaryo viloyatida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.


O’zbekiston Respublikasi Energetika vaziri Sherzod Xodjayev hamda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Boshqaruvi raisi Sardor Isakulov boshchiligidagi ishchi guruh hududdagi ishlar bilan tanishdi.


Tashrif davomida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar taqdimoti o‘tkazilib, elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish, mavjud muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish va iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash bo‘yicha belgilangan vazifalar muhokama qilindi.

