ALOQA UCHUN

URGANCH TUMANIDA “YANGIYO‘L” TAJRIBASI ASOSIDA TIZIMLI ISHLAR AMALGA OSHIRILMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoqilg‘i-energetika sohasini yanada rivojlantirish, mavjud muammolarni bartaraf etish va energiya ta’minoti barqarorligini ta’minlashga qaratilgan topshiriqlari ijrosi doirasida Urganch tumanida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoqilg‘i-energetika masalalari bo‘yicha maslahatchisi Bexzot Narmatov, Energetika vaziri Sherzod Xodjayev hamda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi Sardor Isakulov, “Hududgazta’minot” AJ boshqaruv raisi Marufxon Xodjayevlar  boshchiligidagi “Yangiyo‘l” tajribasi asosida Urganch tumanida olib borilayotgan ishlar bilan tanishib, amalga oshirilgan va kelgusida bajarilishi rejalashtirilgan vazifalar taqdimotini ko‘zdan kechirdilar.

Taqdimot davomida, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hamda “HududGaz” AJ tomonidan Urganch tumanida Prezident topshiriqlari ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Xususan, elektr va gaz tarmoqlarining texnik holatini chuqur o‘rganish, mavjud muammolarni malakali muhandislar hamda nazorat organlari vakillari ishtirokida manzilli tahlil qilish, aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha aniq va ustuvor vazifalar belgilandi.

Uchrashuvda, kuz-qish mavsumini betalafot va barqaror o‘tkazish maqsadida, avvalo, muammoli elektr tarmoqlari va uskunalarini yangilash, eskirgan infratuzilmani modernizatsiya qilish, energiya yo‘qotishlarini kamaytirish, energiya samaradorligini oshirish hamda avariyaviy uzilishlarning asosiy sabablarini bartaraf etishga alohida e’tibor qaratildi.

  • 21.08.2026
  • 35
  • Elektr energiyasi uchun to'lov qulaylik
  • SMS to'lovlar xabardor
  • Axborot SMS xabar
  • Nazorat xarajatlar
Kabinetga o`tish
Sayt xaritasi