ALOQA UCHUN

ELEKTR TARMOQLARIGA ULANISH JARAYONLARI USTIDAN NAZORAT KUCHAYTIRILMOQDA

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning Shartnomaviy xizmatlar va mahsulot ishlab chiqarishni monitoring qilish boshqarmasi tomonidan Surxondaryo hududiy filialida davlat va shartnomaviy xizmatlar ko‘rsatish faoliyati o‘rganildi.
 

О‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 555-son Qarori talablariga rioya etilishi yuzasidan nazorat-tahlil ishlari olib borilib, ayrim holatlarda tegishli hujjatlarni rasmiylashtirmasdan elektr tarmoqlariga ulanish holatlari aniqlangan.
 

Aniqlangan qoidabuzarliklar yuzasidan mas’ul xodimlar ishtirokida tanqidiy yig'ilish o'tkazilib, tegishli ma'sul xodimlardan tushuntirish xatlari olindi.
 
Yig‘ilishda qonunchilik va belgilangan me’yoriy hujjatlar talablariga qat’iy rioya etish, iste’molchilarning murojaatlarini o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish, shuningdek, elektr tarmoqlariga ulanish jarayonlarini belgilangan tartibda amalga oshirish zarurligi alohida ta’kidlandi.
 

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan bu boradagi nazorat ishlari izchil davom ettiriladi. Asosiy e’tibor qonunchilik talablarining so‘zsiz bajarilishini ta’minlash, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish hamda elektr tarmoqlariga ulanish jarayonlarida qonuniylik va shaffoflikni ta’minlashga qaratiladi.

  • 19.08.2026
  • 21
Sayt xaritasi