ALOQA UCHUN

XODIMLAR MALAKASINI OSHIRISH VA TAJRIBA ALMASHISH BO‘YICHA O‘QUV-AMALIY MASHG‘ULOTLAR TASHKIL ETILMOQDA

Xodimlarning muntazam ravishda tajriba almashishini ta’minlash, ularning malakasini oshirish jarayonini tizimli yo‘lga qo‘yish maqsadida, 2026-yil avgust oyi uchun tasdiqlangan rejaga muvofiq, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash va energetika tizimining barqaror ishlashini ta’minlashga qaratilgan o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar olib borilmoqda.

Jumladan, ayni kunlarda “Ilmiy-texnik va xodimlar malakasini oshirish markazi” filiali tomonidan Jamiyat tizimidagi korxona va filiallarning tuman va shahar elektr ta’minoti dispetcherlari, EEHNAT muhandislari, shuningdek, iste’molchilar bilan ishlash va debitor qarzdorlikni undirish guruhlari rahbarlari hamda muhandislari ishtirokida malaka oshirish kurslari tashkil etildi.

O‘quv kurslari davomida tinglovchilar Yashnobod tumanidagi “Olmos” nimstansiyasida bo‘lib, olgan nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlash hamda zarur ko‘nikmalarga ega bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Bundan tashqari, o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarida olingan bilim, ma’lumot va tajribalarni tizimdagi boshqa mutaxassislarga yetkazish, ularning kasbiy malakasini oshirish maqsadida filial tomonidan onlayn o‘quv-seminarlar va treninglar ham muntazam tashkil etilmoqda.

 

  • 18.08.2026
  • 12
Sayt xaritasi