“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning hurmatli aksiyadori !
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ ushbu bilan Sizga 2026-yil 20-avgust kuni soat 11:00 da Toshkent shahri, Osiyo ko‘chasi, 8-uy manzilida Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida xabardor qiladi.
Aksiyadorlarni (ularning vakillarini) ro‘yxatga olish soat 10:30 dan – 11:00 gacha amalga oshiriladi.
Aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi soat 11:00 da boshlanadi.
Jamiyat Kuzatuv kengashi tomonidan aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etish uchun jamiyat aksiyadorlarining reyestrini shakllantirish sanasi 2026-yil 14-avgust etib belgilangan.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi kun tartibi:
1. Yig‘ilish reglamenti va sanoq komissiyasini tasdiqlash.
2. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Boshqaruv raisini tayinlash.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi bo‘yicha to‘liq ma’lumot va hujjatlar bilan Toshkent shahri, Osiyo ko‘chasi, 8-uy manzilida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning ma’muriy binosida haftaning shanba va yakshanba kunlaridan tashqari xar kuni soat 9:00 dan 18:00 gacha tanishish mumkin yoki (78) 150-73-45 telefoni orqali murojaat qilish mumkin. Jamiyatning rasmiy veb sayt https://het.uz, elektron pochta manzil: info@het.uz.