O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tashabbusi bilan “HET” AJ Energosavdo filialida manfaatdor vazirlik va idoralar, xususan, Energetika vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zsuvta’minot” AJ, neft-gaz tashkilotlari hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar ishtirokida foydalanilgan elektr energiyasi bo‘yicha mavjud debitor qarzdorlikni bartaraf etish masalalariga bag‘ishlangan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda debitor qarzdorlik holati tanqidiy tahlil qilinib, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda qarzdorlikni 0 darajaga tushirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.
• Debitor qarzdorlikni 0 darajaga tushirish
• To‘lovlarni undirish ishlarini jadallashtirish
• Kundalik monitoring va nazoratni kuchaytirish
• Har bir qarzdor bilan manzilli ishlash
• Mas’ul xodimlar javobgarligini oshirish
• Fermer xo‘jaliklari va boshqa iste’molchilarning qarzdorliklarini to‘liq bartaraf etish

Maqsad — debitor qarzdorlikni 0 darajaga tushirish, to‘lov intizomini mustahkamlash va tizim samaradorligini yanada oshirish.