ALOQA UCHUN

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ xodimi AQShda nufuzli dastur loyihalarida samarali ishtirok etib qaytdi

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Korporativ munosabatlar boshqarmasi boshlig‘i Dilshod Isakov AQSh Davlat departamenti tomonidan tashkil etilgan nufuzli International Visitor Leadership Program (IVLP) dasturida ishtirok etdi.

Aytish o‘rinliki, mazkur dastur “Emerging Technologies Commercialization and Innovation” (Ilg‘or texnologiyalarni tijoratlashtirish va innovatsiyalar) mavzusidagi dastur ilg‘or texnologiyalarni rivojlantirish va joriy etish bo‘yicha xalqaro eng yaxshi tajribalarni o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, sun’iy intellekt, raqamli infratuzilma va kosmik texnologiyalarni qamrab oladi .

Dastur doirasida D. Isakov AQShning yetakchi texnologik markazlarida — Vashington, Olbani (Nyu-York), Atlanta (Jorjiya), Denver (Kolorado) va San-Fransisko (Kaliforniya) shaharlarida bo‘ldi hamda NASA, Stanford University, Georgia Institute of Technology, Georgia State University huzuridagi Collaborative Human AI Center (CHAI), shuningdek Viasat kompaniyasi bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. 

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, mazkur loyiha doirasida sun’iy intellektni rivojlantirish va uni amaliyotga joriy etish masalalariga ham alohida alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur dasturda ishtirok etish “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lib, korporativ boshqaruv, raqamlashtirish va energetika sohasida innovatsion rivojlanish yo‘nalishlarida zamonaviy yondashuvlarni joriy etishga xizmat qiladi. Olingan bilim va xalqaro aloqalar jamiyat faoliyati samaradorligini oshirish hamda zamonaviy texnologik yechimlarni joriy etishda muhim omil bo‘ladi.

  • 23.04.2026
  • 76
Sayt xaritasi