ALOQA UCHUN

ELEKTR ENERGIYASIDAN SAMARALI FOYDALANISH VA YO‘QOTISHLARNI KAMAYTIRISH BO‘YICHA KENG QAMROVLI ISHLAR OLIB BORILMOQDA

Bugun viloyat hokimligi, viloyat prokuraturasi, “O‘zenergoinspeksiya” viloyat hududiy boshqarmasi, Viloyat ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda “HET” AJ Andijon hududiy filiali Eski shahar elektr tarmoqlarida elektr energiyasidan samarali foydalanishni ta’minlash, texnologik yo‘qotishlarni kamaytirish va nazorat tadbirlarini kuchaytirish yuzasidan ishchi guruhlar tashkil qilindi.

Elektr energiyasidan qonuniy foydalanishni o’rganish, noqonuniy ulanishlarni aniqlash, aloqadan chiqib ketgan iste’molchilarni aloqaga chiqarish hamda oylik iste’moli “0” ko‘rsatkichga ega iste’molchilarni joyida o’rganib chiqish maqsadida “O‘zenergoinspeksiya”, Mahalla yettiligi, Milliy gvardiya, elektr tarmoqlari hodimlaridan iborat jami 450 kishilik 15 ta ishchi guruh tuzildi. 

Profilaktik tadbir doirasida Andijon shahri hududidagi barcha transformator punktlarini bosqichma-bosqich ko‘rikdan o‘tkazish, ularning texnik holatini chuqur o‘rganish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida filialning tuman, shahar bo’limlaridan jami 75 ta hodimdan iborat 15 ta ta’mirlash guruhlari jalb qilindi.

Ayni paytda ishchi guruhlar tomonidan har bir transformator punkti hamda iste’molchilar kesimida nazorat ishlari izchil olib borilib, me’yoridan ortiq yo‘qotishlarni aniqlash, ularni bartaraf etish hamda elektr ta’minoti tizimining barqaror ishlashini ta’minlash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilmoqda.

  • 15.04.2026
  • 104
Sayt xaritasi