Elektr energetikasi sohasida samaradorlikni oshirish, xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash hamda tizim xavfsizligini ta’minlash maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan keng ko‘lamli o‘quv-amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.


“Ilmiy-texnik va xodimlarni malakasini oshirish markazi” filialida tashkil etilayotgan mashg‘ulotlarda ASKUE hamda dispetcher xodimlar ilg‘or texnologiyalar, raqamli boshqaruv tizimlari va zamonaviy xavfsizlik standartlari bo‘yicha chuqur bilimlarga ega bo‘lmoqda.


Mazkur tashabbuslar energetika sohasi uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.


Malaka oshirish kurslarida ishtirok etayotgan xodimlar Toshkent davlat texnika universiteti Energetika muhandisligi fakultetiga tashrif buyurib, energetika sohasida joriy etilayotgan zamonaviy o‘qitish metodikalari, innovatsion yondashuvlar hamda ilg‘or nazariyalar bilan yaqindan tanishdilar. Tashrif davomida ular raqamli hisobga olish tizimlari va ularni samarali boshqarish bo‘yicha yangi bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlab, o‘zaro tajriba almashdilar. Bu esa tizim samaradorligini oshirish va zamonaviy texnologiyalarni amaliyotga keng joriy etishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

