ALOQA UCHUN

KORRUPSION HOLATLARGA YO’L QOYMASLIK, JAMIYAT RIVOJINI KAFOLATLAYDI

KORRUPSION HOLATLARGA YO’L QOYMASLIK, JAMIYAT RIVOJINI KAFOLATLAYDI

Kuni kecha "Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent hududiy filialida korrupsiyaga qarshi kurashishga bag‘ishlangan navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 

Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat xizmati (bo‘limi) hamda viloyat prokuraturasi va IJQKD xodimlari  hamkorligida tashkil etilgan yig‘ilishda filial hamda “Energosavdo” viloyat bo‘linmasi rahbar va xodimlari ishtirok etdi.

Unda so‘zga chiqqanlar korrupsiya yurtimiz taraqqiyoti uchun eng jiddiy xavf-xatarlardan biri ekani nazarda tutilib, korrupsiya holatlarining har qanday ko‘rinishlariga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish va unga qarshi kurashish barchaning eng ustuvor vazifasi ekanligi ta’kidlandi.

Shuningdek, manfaatlar to’qnashuvini oldini olish, korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish, korrupsiyaviy xavflarni aniqlash, uni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf qilish boyicha so’z yuritildi.

Shu bilan bir qatorda  odob-ahloq hamda ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya etish, xodimlarning noqonuniy xatti-harakatlari bо‘yicha kelib tushgan murojaatlarni о‘rganish hamda xodimlar tomonidan joriy yilda sodir etilgan korrupsiyaviy huquqbuzarliklarni muhokama qilindi.

Tadbir davomida barcha xodimlar kunlik mehnat faoliyatlari davomida doimiy ravishda kasb mahoratlarini oshirish, lavozim yo’riqnomasidagi majburiyatlarni bilish, ularga doimiy rioya qilish xodimlarining eng ustuvor vazifasi ekanligi tushuntirildi.

  • 08.04.2026
  • 34
Sayt xaritasi