ALOQA UCHUN

KO‘P QAVATLI UYLARDAGI UZOQ YILLIK MUAMMOLARGA YECHIM: MARG‘ILONDAGI ISHLAR O‘RGANILDI

Jizzax viloyatidan tashrif buyurgan mutaxassislarning Farg‘ona viloyatidagi tajriba almashish dasturi doirasida Marg‘ilon shahrining “Guliston” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan ko‘p qavatli uylarni elektr energiyasi bilan ta’minlashni yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bilan tanishildi.

Mutaxassislar hududda ko‘p qavatli uylarning elektr ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish, iste’molchilar uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish maqsadida bajarilgan ishlarni o‘rganib, amaliyotda qo‘llanilayotgan yechimlar bilan yaqindan tanishdilar.

Xususan, ko‘p qavatli uylardagi xonadonlarning elektr hisoblagichlarini mansublik chegarasiga olib chiqish, hisob-kitoblarning shaffofligi va aniqligini ta’minlashdagi muhim omil sifatida e’tirof etildi. Bu orqali elektr energiyasi iste’moli ustidan nazoratni kuchaytirish, noqonuniy ulanishlar va texnik yo‘qotishlarning oldini olish imkoniyati yaratilmoqda.

Shuningdek, uylarning xonadonlargacha bo‘lgan ichki montaj tarmoqlarini yangilash, eskirgan elektr simlari va taqsimlash qurilmalarini zamonaviy talablarga mos ravishda almashtirish ishlari bilan ham tanishildi. Ta’kidlanganidek, ushbu ishlarni texnik me’yorlar asosida sifatli bajarish ko‘p qavatli uylarda elektr ta’minotining barqarorligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Mutaxassislar tomonidan bunday yondashuv elektr ta’minotidagi nosozliklarning oldini olish, avariyaviy holatlar xavfini kamaytirish, tizimning ishonchliligini oshirish hamda aholiga yanada sifatli xizmat ko‘rsatishga xizmat qilishi qayd etildi.

Mazkur tajriba kelgusida boshqa hududlarda ham ko‘p qavatli uylarning elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar uchun samarali amaliyot sifatida baholandi.

  • 01.04.2026
  • 78
Sayt xaritasi