ALOQA UCHUN

BOSH PROKURATURA ISHCHI GURUHI ISHTIROKIDA OLMAZOR TUMANIDA О‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI

BOSH PROKURATURA ISHCHI GURUHI ISHTIROKIDA OLMAZOR TUMANIDA О‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI

Bugun О‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori N.Yо‘ldoshev qish mavsumini betalofat о‘tkazish, iqtisodiyot tarmoqlari, energetika obyektlarini barqaror ishlashini ta’minlash hamda energiya samaradorligini oshirish va resurslarni iqtisod qilish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Toshkent shahrini Olmazor  tumanida bо‘ldi.

Tanishuv davomida,  Bosh prokurorga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi («О‘zenergoinspeksiya»), “О‘zbekiston Milliy elektr tarmoqlari” AJ “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “Hududgazta’minot” tomonidan energiya resurslaridagi yо‘qotishlarni kamaytirish, ulardan samarali foydalanish, talon-toroj qilish holatlarini oldini olish va tashkiliy-texnik tadbirlarni amalga oshirish orqali ijobiy natijaga erishish borasida amalga oshirilayotgan ishlar taqdimot qilindi.

Xususan , “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Boshqaruv raisi tomonidan  energetik balansini shakllantirgan holda energiya resurslarini iqtisod qilish hamda yо‘qotishlar yuqori bо‘lgan hududlarda zarur tadbirlarini amalga oshirish orqali ularni kamaytirish yuzasidan chora-tadbirlar hamda sohada olib borilayotgan raqamlashtirish islohotlari xususida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, tanishuv davomida dolzarb topshiriqlar ijrosi, yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, ayniqsa, talon-toroj qilish holatlarini oldini olish hamda oqilona foydalanilishini ta’minlash bо‘yicha tumanda amalga oshirilayotgan ishlar ahvoli muhokama qilindi.

О‘z navbatida, Bosh prokuror N.Yо‘ldoshev tomonidan mas’ullarga energiya samarador qurilmalardan kengroq foydalanilishini ta’minlash, energiya resurslari bilan bog‘liq huquqbuzarliklarning oldini olish, energiya resurslari yо‘qotishlarini kamaytirish ishlarini tarmoqlar kesimida tashkil etish borasida ishlarni jadallashtirish haqida kо‘rsatmalar berdi.

  • 11.02.2026
  • 28
Sayt xaritasi