Shu munosabat bilan yoqilg‘i-energetika tizimi sovuq ob-havo sharoitida barqaror ishlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Elektr, issiqlik va gaz tarmoqlarida qo‘shimcha texnik ko‘riklar o‘tkazilib, ishlab chiqarish va yetkazib berish quvvatlari mavjud sharoitga moslashtirildi.

Mas’ul xizmatlar 24/7 rejimida ish olib bormoqda.
Sovuq kunlarda energiyaga bo‘lgan talab ortadi. Ayrim hududlarda vaqtinchalik texnik cheklovlar bo‘lishi mumkin. Bunday holatlarda aholi va ijtimoiy ob’yektlarni barqaror ta’minlash ustuvor vazifamiz bo‘ladi.
Iste’molchilardan elektr energiyasi va tabiiy gazdan oqilona foydalanish, isitish uskunalaridan tejamkorlik bilan foydalanish tavsiya qilinadi.
Uy-joylarda issiqlikni saqlash orqali ham energiya tejaladi, ham xona iliq bo‘ladi.
Isitish uskunalarini qarovsiz qoldirmaslik, ulardan foydalanish vaqtida xonada shamollatishni ta’minlash zarur.
Dudburon va ventilyasiya tizimlarining ishlash holati muntazam tekshirib turilishi shart.
Is gazidan zaharlanishning oldini olish maqsadida yopiq xonalarda ochiq olov yoki nosoz isitish qurilmalaridan foydalanmaslik, imkon qadar is gazi aniqlagich uskunalardan foydalanish tavsiya etiladi.
Elektr va gaz ta’minoti bilan bog‘liq savol, murojaat va takliflaringiz bo‘lsa, quyidagi aloqa kanallariga murojaat qilishingiz mumkin:
Elektr ta’minoti bo‘yicha: 1154
Gaz ta’minoti bo‘yicha: 1104 va 104.