“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning hurmatli aksiyadori!
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ ushbu bilan Jamiyat Kuzatuv kengashining qaroriga ko‘ra Jamiyat aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini 2025-yil 30-dekabr sanasida “Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi” AJ tomonidan tashkil etilgan “Elektron ovoz berish - eVOTE” servis tizimi orqali soat 10:00 dan boshlab, distansion tarzda ovoz berish yо‘li bilan o‘tkazilishi to‘g‘risida xabardor qiladi.
Jamiyat Kuzatuv kengashi tomonidan:
– Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazilishi to‘g‘risida aksiyadorlarni xabardor qilish uchun jamiyat aksiyadorlarining reyestrini shakllantirish sanasi 2025-yil 9-dekabr etib belgilangan.
– Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etish uchun jamiyat aksiyadorlarining reyestrini shakllantirish sanasi 2025-yil 24-dekabr etib belgilangan.
“Hududiy elektr tarmoqlari”AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi kun tartibi:
1. Yig‘ilish reglamenti va sanoq komissiyasini tasdiqlash.
2. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning tarkibiy filiallari negizida ajralib chiqish shaklida qayta tashkil etish yo‘li bilan aksiyadorlik jamiyatlarini tashkil etish masalasini ko‘rib chiqish, ayriboshlash tartibi va shartlarini belgilash, taqsimlash balansini tasdiqlash
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi to‘g‘risida to‘liq ma’lumot va hujjatlar bilan va Toshkent shahri, Osiyo ko‘chasi, 8-uy manzilida “Hududiy elektr tarmoqlari”AJ binosida haftaning shanba va yakshanba kunlaridan tashqari xar kuni soat 9:00 dan 17:00 gacha, yoki “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning het.uz veb-saytida tanishishingiz mumkin yoki (78) 150-73-45 telefoni orqali murojaat qilishingiz mumkin.
Shu bilan birga, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJni qayta tashkil etish to‘g‘risida masala bo‘yicha qarshi ovoz bergan taqdiringizda yoxud ovoz berishda uzrli sabablarga ko‘ra ishtirok etmaganingizda Sizda o‘zingizga tegishli xar bir imtiyozli aksiyani 169 so‘mdan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan qaytarib sotib olinishini talab qilish huquqi vujudga kelishi mumkinligini ma’lum qilamiz.
Bunda, agarda Siz “Hududiy elektr tarmoqlari” AJni qayta tashkil etish to‘g‘risida masala bo‘yicha qarshi ovoz bergan taqdiringizda yoxud ovoz berishda uzrli sabablarga ko‘ra ishtirok etmaganingizda, ushbu yig‘ilish o‘tkazilgandan so‘ng 30 kun ichida Siz “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Boshqaruv raisi nomiga o‘zingizga tegishli bo‘lgan aksiyalarni qaytarib sotish bo‘yicha talabnoma berishingiz mumkin.