
“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ TOMONIDAN PRESS-TUR TASHKIL ETILDI
Bugun, 6-noyabr kuni “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning “Elektr energiya sotishni avtomatlashtirish markazi” filialida ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalist hamda blogerlar uchun Jamiyat rahbariyati va mas’ullari ishtirokida navbatdagi press-tur tashkil etildi.

Ishtirokchilar dastlab elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE)ni yanada takomillashtirish, iste’molchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish borasida keyingi yillarda Jamiyat tomonidan olib borilayotgan say-harakatlar va iste’molchilar murojaatlari bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar bilan tanishtirildi.

Press-tur davomida mutaxassislar tomonidan ASKUE orqali iste’molning sutkalik, oylik va yillik nazorat yuritilishi, Jamiyatning 1154 qisqa raqamli Call-markazi faoliyati yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Aytish o‘rinliki, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan mazkur tizimni yanada takomillashtirish, iste’molchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish borasida amaliy va tizimli ishlar olib borilmoqda.

Xususan, yaqinda ishga tushirilgan “HET BILLING” dasturiy kompleksi hamda mazkur tizim asosida yaratilgan mobil ilova imkoniyatlari bugungi kunda iste’molchilarga katta qulayliklar yaratdi.
Mazkur kompleks asosida bugungi kunda ulgurji va maishiy iste’molchilarning barcha rekvizitlari jamlangan yagona ma’lumotlar bazasini yuritish;

Shu bilan bir qatorda, iste’molchilarga qulaylik yaratish maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ het.uz sayti va “HET BILLING” mobil ilovasida elektr energiyasi xarajati kalkulyatori joriy etilib, undan foydalangan holda iste’molchilar elektr energiyasi sarfini eski va yangi tarif hamda meyorlar bo‘yicha narxi va narxlar o‘rtasida farqni ko‘rish imkoniyati yaratildi.

Shuningdek, tadbir ishtirokchilari “Hududiy elektr tarmoqlari” Ajning tunu kun ishlaydigan 1154 qisqa raqamli Call-markazi faoliyati bilan ham tanishdilar.
Aytish lozimki, joriy yilning noyabr oyiga qadar 2 703 996 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan 2 648 486 tasi qabul qilingan.

Bundan tashqari iste’molchilar murojaatlarini o‘z vaqtida tezkorlik bilan qabul qilish bo‘yicha viloyatlar kesimida ham ishonch raqamlari tashkil qilingan bo‘lib, murojaatlarni sifatli va ijobiy hal qilish maqsadida ularni tezlik bilan tuman ta’minotchi korxona mutaxassislariga yetkazish yo‘lga qo‘yilgan.

Shu bilan bir qatorda, Toshkent shahar va Toshkent viloyati hokimliklarida tashkil etilgan 1055 qisqa raqami orqali elektr energiyasi ta’minoti bo‘yicha kelib tushayotgan murojaatlar hokimlik xodimlari tomonidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning “Ma’lumotlarni qayta ishlash va dasturiy tizimlarni takomillashtirish” departamenti filialidagi Call-markazi operator xodimlari bilan telegramm messenjeri orqali ma’lumot almashinishi yo‘lga qo‘yilgan.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Call-markazi Billing tizimi bilan integratsiya qilingani, tizimlar ma’lumot almashinuvi sifatini oshirish uchun zarur texnik vositalar va resurslar bilan ta’minlangani, natijada iste’molchilar tomonidan Call-markazga kelib tushadigan murojaatlarni ko‘rib chiqish vaqti qisqartirishi va xizmat ko‘rsatish sifati oshishiga erishilganini ta’kidlash joiz.

Ayni paytda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning Call-markaziga malakali mutaxassislar jalb qilingan bo‘lib, bu yerda 24 soatlik ish faoliyati tashkil qilingan.
Tadbir yakunida jurnalist va blogerlar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar oldilar.