ALOQA UCHUN

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH – KECHIKTIRIB BО‘LMAYDIGAN VAZIFA

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH – KECHIKTIRIB BО‘LMAYDIGAN VAZIFA

Bugun Samarqand shahridagi Yoshlar markazida korrupsiyaga qarshi kurashishga bag‘ishlangan navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ rahbariyati, Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat xizmati (bо‘limi) hamda viloyat prokuraturasi va IJQKD xodimlari  hamkorligida tashkil etilgan yig‘ilishda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali, “Energosavdo” viloyat bo‘linmasi rahbar va xodimlari ishtirok etdi.

Unda so‘zga chiqqanlar korrupsiya О‘zbekiston davlati va jamiyati taraqqiyoti uchun eng jiddiy xavf-xatarlardan biri ekani nazarda tutilib, korrupsiya holatlarining har qanday kо‘rinishlariga nisbatan murosasiz munosabatda bо‘lish va unga qarshi kurashish barchaning eng ustuvor vazifasi ekanligi ta’kidlandi.

Aytish о‘rinliki,  “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan “Davlat xaridlari sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni kamaytirish va manfaatlar tо‘qnashuvini oldini olish” yо‘nalishi bо‘yicha  chora-tadbir amalga oshirilishi belgilangan bо‘lib,  mazkur yо‘nalishda sohada manfaatlar tо‘qnashuviga yо‘l qо‘ymaslik,  xizmatga qabul qilish va unda faoliyat olib borishda qarindosh-urug‘chilik va boshqa suiiste’molchiliklarning oldini olishga qaratilgan normalarni kiritish kabi vazifalar kо‘rsatib о‘tilgan. Yig‘ilishda bu maslalarga ham alohida tо‘xtalib о‘tildi.

Shuningdek, yig‘ilishda ishtirok etayotgan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, aholiga barqaror elektr energiyasi yetkazib berish, energosamaradorlikni oshirish va mavjud resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Shu bilan bir qatorda yig’ilish davomida xodimlar o‘rtasida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish boʼyicha yuz berishi mumkin boʼlgan holatlar  va ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish hamda maishiy korrupsiyaga qarshi kurashish bо‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar huquqiy mavzuda о‘zlarini qiziqtirgan masalalar va fikr-mulohazalar bо‘yicha huquqni himoya qilish idorasi vakillaridan javoblar olishdi.

  • 17.10.2025
  • 69
Sayt xaritasi