“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJDA FRANKLIN TEMPLETON KOMPANIYASI VAKILLARI BILAN UCHRASHUV BО‘LIB О‘TDI
Uchrashuvda dastlab kompaniya vakillariga О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 27 avgustdagi “О‘zbekiston Respublikasi milliy investitsiya jamg‘armasini tashkil etish tо‘g‘risida” qarori asosida bugungi kunda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJda zamonaviy korporativ boshqaruv mexanizmlarini joriy etilishi hamda transformatsiya jarayonlarining borishi haqida ma’lumot berib о‘tildi.
Aytish о‘rinliki, Franklin Templeton kompaniyasi О‘zbekiston Respublikasi milliy investitsiya jamg‘armasi boshqaruvchisi bо‘lib, ushbu qaror asosida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ ayni paytda mazkur jamg‘armaning ustav kapitalini shakllantirish uchun 40 foizlik ulushiga ega.
Shuningdek, uchrashuv davomida hamkorlikning keyingi bosqichida investitsiya aktivlarida transformatsiya jarayonlarini faollashtirish, jumladan, kompaniyaning samaradorligi va shaffofligini oshirishga qaratilgan texnologik tizimlarni joriy etish hamda Jamg‘arma aksiyalarini Toshkent va xalqaro, shu jumladan London fond birjalarida joylashtirish borasida olib borilayotgan ishlar masalalari muhokama qilindi.