ALOQA UCHUN

BRAZILIYANING EQUATORIAL ENERGIA KOMPANIYASI VAKILLARI ASKUE TIZIMINI JORIY ETISH BO‘YICHA O‘ZBEKISTON TAJRIBASI BILAN TANISHDI

BRAZILIYANING  EQUATORIAL ENERGIA KOMPANIYASI VAKILLARI ASKUE TIZIMINI JORIY ETISH BO‘YICHA O‘ZBEKISTON TAJRIBASI BILAN TANISHDI

Ayni paytda mamlakatimizda energetika sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan yaqindan tanishish va tajriba almashish maqsadida yurtimizda bo‘lib turgan  Braziliyaning  Equatorial Energia S.A. kompaniyasi tijoriy direktori Agnelo Neto boshchiligidagi delegatsiya a’zolari “Hududiy elektr tarmoqlari” Ajning “Elektr energiyasi sotishni avtomatlashtirish markazi” filialiga tashrif buyurib, respublikamiz bo‘ylab joriy etilgan elektr energiyasini hisobga olishni avtomatlashtirish tizimi bilan yaqindan tanishdilar.

Tanishuv avvalida delegatsiya a’zolari Jamiyat tomonidan elektr energiyasini hisobga olish va nazarot qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE)ni joriy etish, bu borada orttirilgan tajriba va natijalarga bag‘ishlangan taqdimotlar bilan tanishdilar.

Shuningdek, mehmonlar Markazda dunyoning yetakchi davlatlarida ishlab chiqarilgan server qurilmalari o‘rnatilgani, ulardagi dasturiy ta’minot orqali iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari haqida atroflicha ma’lumotga ega bo‘ldilar.

Uchrashuv davomida Markaz mutasaddilari tomonidan tizimni yanada takomillashtirish, iste’molchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish borasida olib borilayotgan ishlarga alohida to‘xtalib o‘tdilar. Xususan, yaqinda ishga tushirilgan “HET BILLING” dasturiy kompleksi hamda mazkur tizim asosida yaratilgan mobil ilova imkoniyatlari mehmonlarda alohida taassurot qoldirdi.

O‘z navbatida, kompaniy direktori  Agnelo Neto O‘zbekiston tajribasini yuqori baholab, yaqin kelajakda mazkur tizimni Braziliyada ham joriy etish, bu borada o‘zaro tajriba almashish muhimligini ta’kidlab o‘tdi. 

Delegatsiya a’zolari dasturiy ta’minot imkoniyatlari haqida o‘zlarining qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar.

Mehmonlarning  tizim imkoniyatlari bilan tanishuv hamda o‘zaro tajriba almashinish jarayonlari davom etmoqda.

  • 24.09.2025
  • 146
Sayt xaritasi