Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari!
Mamlakatimizda kuzatilayotgan issiq havo sababli, elektr energiyasiga bo‘lgan talabning ortishi natijasida iste’molchilarga yetkazib berilayotgan elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.
Bu esa o‘z navbatida iste’molchilarning murojaatlari ham ko‘payishiga olib kelmoqda.
Ayni paytda "Hududiy elektr tarmoqlari " AJning 1154 qisqa raqamli Call-markazi 24 soatlik ish rejimida faoliyat yuritmoqda.
Murojaatchilarning telefon qo‘ng‘iroqlariga tezkor javob qaytarish va markaz faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida joriy yilning 15-20-iyul kunlari texnik tadbirlar olib boriladi.
Mazkur vaqt oralig‘ida markaz faoliyatida cheklanishlar bo‘lishi mumkin.
Yetkazilgan noqulaylik uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.