"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Boshqaruv raisi tashabbusi bilan Jamiyatning Samarqand hududiy filiali tarkibidagi korxonalarning olis hududlarda joylashgan Ustachilik bo‘limlari uchun 47 dona maxsus jihozlangan konteyner xarid qilinib, ularda xodimlar uchun zamonaviy xizmat xonalari tashkil etilmoqda.
Bugun ushbu tashabbus doirasida Samarqand hududiy filiali direktori Eldor Mamasoliyev tomonidan Samarqand shahar elektr ta’minotining Qorasuv ustachilik bo‘limiga shunday maxsus konteynerli xizmat xonasi foydalanishga topshirildi.
Mazkur yaratilayotgan sharoitlar orqali iste’molchilarga uzluksiz elektr energiyasi yetkazib berish, olis hududlardagi ustachilik xodimlariga munosib mehnat sharoiti yaratish, xizmatlar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.