ALOQA UCHUN

NUKUS SHAHRIDA TADBIRKORLAR BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Boshqaruv raisi topshirig‘iga asosan o‘tkazilayotgan bunday uchrashuvlarning navbatdagisi Qoraqalpog‘iston hududiy filialida tashkil etildi.

Jamiyat Boshqaruv raisining o‘rinbosari D. Nosirov, filial rahbariyati hamda mahalliy tadbirkorlar ishtirok etgan uchrashuvda tadbirkor, hunarmand va fermerlarga elektr energiyasi sohasidagi so‘nggi o‘zgarishlar, xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar, joriy etilayotgan yangiliklar va qulayliklar xususida batafsil tushunchalar berildi.

Shuningdek, mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘z faoliyatlarida uchrayotgan muammolar haqida o‘rtoqlashib, mavjud muammodan chiqish uchun qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarni kuchaytirish va eksport imkoniyatlarni kengaytirish bo‘yicha takliflarni ilgari surdi.

Uchrashuvda bildirilgan taklif va tashabbuslar, murojaatlar umumlashtirilib, hududda tadbirkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar belgilab olindi.

Samimiy va do‘stona muloqot ruhida o‘tgan uchrashuv yakunida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ amaliy yordam berish maqsadida tegishli mutaxassislarni jalb qilgan holda korxonalarga tashriflar tashkil etilishini ma’lum qildi.

  • 29.06.2025
  • 19
Sayt xaritasi