Yashnobod tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan tumanning “Boyqo‘rg‘on” mahallasi hududidagi aholi xonadonlarini elektr energiyasi bilan uzluksiz va ishonchli ta’minlash maqsadida TP-521 transformator punkti orqali quvvatlanadigan 0,4 kV kuchlanishdagi havo elektr uzatish tarmoqlarida ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.
Mazkur ishlar doirasida tarmoqdagi eskirgan alyumin simlar demontaj qilinib, ularning o‘rniga zamonaviy, izolyatsiyalangan SIP rusumidagi 2 kilometr uzunlikdagi kabel tarmog‘i tortildi.
Shuningdek, mutaxassislar tomonidan eskirgan izolyatorlar yangisiga almashtirildi, elektr simlari yangilandi, salqi simlar tarangligi meyoriga keltirildi hamda tarmoq atrofidagi daraxt shoxlari tozalanib, xavfsizlik choralari kuchaytirildi.