Ayni kunlarda haroratning keskin ko‘tarilganiga qaramay, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Sirdaryo hududiy filiali xodimlari tomonidan iste’molchilarni barqaror va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash borasidagi ishlar jadallik bilan davom ettirilmoqda.
Tarmoqda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda uzilishlarning oldini olish maqsadida mavjud elektr qurilmalari muntazam ko‘rikdan o‘tkazilib, ta’minot holati doimiy nazorat qilinmoqda.
Shu bilan birga, joylarda transformator punktlarida mukammal va joriy ta’mirlash ishlari, beton ustunlar o‘rnatish, yangi tarmoqlarni tortish kabi muhim texnik ishlar amalga oshirilmoqda.