KORRUPSION HOLATLARGA YO‘L QOYMASLIK, JAMIYAT RIVOJINI KAFOLATLAYDI
Bugun “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Sirdaryo hududiy filiali Xovos tuman elektr ta’minoti bo‘limi xodimlari ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat xizmati boshlig‘i hamda filial rahbariyati va ishchi xodimlari, shuningdek, tuman huquqni muhofaza qiluvchi organlar mas’ullari ishtirok etishdi.
Yig‘ilishda xodimlar o‘rtasida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yuz berishi mumkin bo‘lgan holatlar va ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish masalalari muhokama etildi.
Shuningdek, xodimlari orasida korrupsiya holatlarini barvaqt aniqlash va oldini olish, manfatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakillantirish, odob-ahloq qoidalariga rioya etishlari haqida ham yig‘ilganlarga ma’lumot berildi.