Guliston va Yangiyer shaharlarida jurnalistlar hamda blogerlar ishtirokida о‘tkazilgan tadbirda 110/35/10 kV quvvatdagi “Yangiyer” podstansiyasining modernizatsiya ishlari taqdim etildi.
Loyihaga kо‘ra podstansiyaga 2 ta yirik quvvati 40 MVA bо‘lgan transformator о‘rnatiladi. Bu esa, 8950 ta xonadon va 870 dan ortiq tadbirkorlik subyektini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash imkonini beradi.
Ishlar “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi asosida amalga oshirilmoqda. Hozirgacha 150 km elektr tarmog‘ining 75 foizi, 61 ta transformator punktining esa 50% urnatildi.
Modernizatsiya 2025-yil oxiriga qadar tо‘liq yakunlanadi va aholining farovon yashashi uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.