Ushbu ishlar doirasida hududlarda elektr uzatish tarmoqlarini yangilash ishlari ham amalga oshirilyapti.
Xususan, Samarqand shahridagi Chilquduq mahallasida elektr ta’minotini yanada yaxshilash maqsadida zamonaviy transformator punkti o‘rnatildi.
Mazkur mahallada loyiha asosida 2 dona 250/10 kVA yangi transformator punkti, 105 ta beton ustunlari o‘rnatish va 4 km uzunlikda SIP-2 hamda 4 km SIP-4 kabellari tortish ishlari bajarilmoqda.