"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ xodimlari o'rta umumta'lim maktablari bitiruvchilarini tabriklash maqsadida Respublika bo'ylab o’tkazilgan “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlari doirasida maktablarga tashrif buyurib, ularga energetika sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, ahamiyati hamda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar tо‘g‘risida uchrashuvlar tashkil etildi.
Uchrashuv davomida xodimlar yoshlarga energetik kasbi, ma’suliyati va mashaqqatlari, bunda xalq oldidagi xizmatlarini bajarishda ma’suliyat bilan yondoshish lozimligi, hamda sharafli kasb ekanligi tо‘g‘risida о‘z tajribalari bilan mazmunli о‘rtoqlashishdi.
Shuningdek, mutaxasisslar tomonidan elektr energiyasining iqtisodiyotdagi o'rni, undan oqilona foydalanish hamda qayta tiklanuvchi energiya manbaalarini joriy qilish orqali tabiiy resurslardan foydalanishning ahamiyati xususida "Ochiq dars"lar o'tkazildi.
Mutaxasisslar o'q'uvchilarni qiziqtirgan savollariga javob berishdi. Bu kabi suhbatlar yoshlarni kasbga yо‘naltirishda muhim rol о‘ynaydi.