ALOQA UCHUN

"MUMTOZ" MAHALLASIDA ELEKTR TA’MINOTI SIFAT JIHATIDAN YANGI BOSQICHGA KO‘TARILMOQDA

"MUMTOZ" MAHALLASIDA ELEKTR TA’MINOTI SIFAT JIHATIDAN YANGI BOSQICHGA KO‘TARILMOQDA

Mamlakatimizda elektr energiyasi infratuzilmasini rivojlantirish, aholining energiyaga bo‘lgan talabini to‘liq qondirish borasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida tuman va mahallalardagi elektr tarmoqlarini yangilash, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish ishlari keng ko‘lamda olib borilmoqda.

Ana shunday ezgu tashabbuslardan biri Farg’ona viloyati Qo‘shtepa tumanining “Mumtoz” MFY ham amalga oshirilmoqda. Ushbu hududda elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha maxsus loyiha asosida 6,5 kilometr uzunlikdagi yangi elektr uzatish tarmoqlarini tortish belgilangan. Mazkur loyiha doirasida, shuningdek, 5 dona zamonaviy transformator punktini o‘rnatish ham rejalashtirilgan.

Bugungi kunda ushbu rejalar izchil amalga oshirilmoqda. Xususan, hududga yetkazilgan yangi temir-beton tayanch ustunlarini o‘rnatish ishlari yakuniga yetkazildi. Hozirgi holatga ko‘ra, mahallada 300 ga yaqin tayanch ustunlari hamda 4 dona turli quvvatdagi transformator punktlari o‘rnatildi. Endilikda ushbu tayanchlarga butlovchi elektr qismlarini o‘rnatish ishlari bosqichma-bosqich davom ettirilmoqda.

Bu kabi sa’y-harakatlar natijasida “Mumtoz” mahallasi aholisi uchun elektr energiyasi ta’minoti yanada barqaror va sifatli bo‘ladi. Eng asosiysi, bu loyiha orqali hudud aholisi uchun elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyoj to‘liq qondiriladi hamda yashash sharoitlari sezilarli darajada yaxshilanadi.

Shubhasiz, bu islohotlar mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning amaliy ifodasi, xalq farovonligiga xizmat qiluvchi izchil siyosat samarasidir.

  • 26.05.2025
  • 118
Sayt xaritasi