ALOQA UCHUN

Dastur ijrosi muhokama qilindi

Dastur ijrosi muhokama qilindi

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filialida jamiyatning xizmat bo'limlari, tizim tarkibiga kiruvchi tuman (shahar) elektr ta’minoti xodimlar ishtirokida kengaytirilgan yig’ilish o'tkazildi

Yig‘ilishda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ kapital qurilish boshqarmasi boshlig‘i  hamda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali rahbariyati ishtirokida  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentabrdagi “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida qarorining ijrosini ta’minlash maslalari tanqidiy kо‘rib chiqildi.

Shuningdek, hududlarda amalga oshiriliayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish, shuningdek korrupsiya va poraxo‘rlikni oldini olish bo‘yicha keskin choralar ko‘rish, xodimlarni odob-ahloq qoidalariga rioya etishlari, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari to‘g‘risida so’z yuritililib, ijrosini qat’iy nazoratga olish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora tadbirlarni amalga oshirish topshirig‘i berildi.

  • 23.05.2025
  • 31
Sayt xaritasi